
HUAWEI MateBook D 16 2024
Yaxshiroq bo‘ling
16 dyuymli ramkasiz ekran¹ · 1,68 kg dan yengil korpus² · 13-avlod Intel® Core™ i5³.
Ekran
Ufqlarni kengaytiring
16:10 nisbatli va 90% foydali maydonli⁴ aniq ekranda ishlang, o‘ynang va ijod qiling. TÜV Rheinland ko‘k nurdan himoya sertifikati¹, DC-xiralashtirish va miltillashsiz rejim ko‘zni asraydi, 100% sRGB qamrovi⁵ esa professional darajadagi ranglarni beradi.
Dizayn
Yupqa va ixcham
Ko‘zingizga ishoning: ekran 16 dyuym, vazni esa odatiy 15 dyuymli noutbukdek — taxminan 1,68 kg². Qalinligi atigi 17 mm, uni har kuni olib yurish oson.

Unumdorlik
Ko‘p vazifalik uchun quvvat
13-avlod Intel® Core™ i5-13420H protsessori³ bir vaqtda bir nechta vazifani bemalol bajaradi. Ikkita ventilyator va Shark fin parraklari yuqori yuklamada issiqni samarali chiqaradi: havo oqimi 55% ga ko‘p⁶, shovqin esa atigi 22 dB⁷.

Klaviatura
Alohida raqamli blok
Raqamli blok hisobot, hujjat va ma’lumot kiritishda unumdorlikni ikki baravar oshiradi — raqamlarni bir qo‘lda kiritish qulay. 1,5 mm yurishli tugmalar yumshoq va jim bosiladi, alohida kamera o‘chirgichi⁸ maxfiylikni himoya qiladi, AI Search tugmasi esa barcha qurilmalaringizdan tez qidiradi.

Aloqa
HUAWEI Metaline antennasi: uzoq masofada barqaror aloqa
Fayllarni yuklab olish tezligi 51% ga yuqori⁹. Signal to‘siqlardan o‘tadi va 270 m gacha masofada⁹ ishlaydi. Wi-Fi qabul qilish va uzatish samaradorligi uchun SGS besh yulduzli sertifikatiga ega birinchi noutbuk.

Batareya
70 Vt·soatgacha batareya va 65 Vt SuperCharge
Katta sig‘imli batareya¹⁰ va HUAWEI SuperCharge 65 Vt tez quvvatlash. Universal adapter boshqa HUAWEI qurilmalarini ham tez quvvatlaydi¹¹.
Videoaloqa
AI kamera — doimo kadr markazida
«Kuzatuvchi kamera»¹² sizni kadr markazida ushlab turadi va suhbatdosh bilan ko‘z aloqasini saqlaydi, «Virtual fon» esa atrofni yashiradi. Bluetooth quloqchinlar bilan qo‘ng‘iroqlarda «Ovozni kuchaytirish» va AI shovqin pasaytirish¹² ortiqcha shovqinni bostiradi.

Super qurilma
Sudrab tashlab ulash
Smartfonning 3 tagacha ilovasini noutbuk ekranida oching, planshet bilan HUAWEI M-Pencil’dan foydalaning, ekranni monitor yoki HUAWEI Vision S’ga chiqaring — ikonkani sudrab qo‘yish kifoya¹³.

SuperHub
Ma’lumotlarni tez uzatish
Matn, rasm yoki fayllarni SuperHub’ga sudrab qo‘ying — ular ulangan qurilmalarga uzatiladi¹⁴.
Izohlar
- Ramkasiz ekran (HUAWEI FullView) — foydali maydoni katta va ramkalari tor ekranlar uchun atama. Ekran TÜV Rheinland ko‘k nurdan himoya sertifikatiga ega. Qurilma tibbiy maqsadlar uchun mo‘ljallanmagan.
- 56 Vt·soat batareyali versiya taxminan 1,68 kg, 70 Vt·soatli versiya taxminan 1,72 kg. Haqiqiy vazn konfiguratsiyaga bog‘liq.
- Filialda Intel® Core™ i5-13420H protsessorli versiyalar sotiladi. Huawei boshqa bozorlarda i3, i7 va i9 versiyalarini ham chiqaradi.
- Huawei laboratoriyasi ma’lumotlari: foydali maydon ekran maydonining qopqoq maydoniga nisbati.
- Tipik qiymat. 45% NTSC qamrovli versiya ham bor — aniq qiymat konfiguratsiyaga bog‘liq.
- Huawei laboratoriyasi ma’lumotlari: oldingi avlod bilan taqqoslash.
- Huawei laboratoriyasi ma’lumotlari, jim xonada o‘lchangan.
- Kamera o‘chirgichi — PC Manager 13.0.6.380 yoki yangiroq dasturiy funksiyasi.
- Huawei laboratoriyasi ma’lumotlari: Wi-Fi 5 GGs tarmog‘ida HUAWEI MateBook D 15 bilan taqqoslash. 270 m — ochiq joyda 1080p videoni uzluksiz ko‘rish mumkin bo‘lgan eng katta masofa. Haqiqiy natija muhitga bog‘liq.
- Nominal qiymat. Konfiguratsiyaga qarab 56 yoki 70 Vt·soat.
- 65 Vt quvvatlagich HUAWEI SuperCharge’ni qo‘llaydigan smartfonlar bilan mos (jumladan HUAWEI Mate 50 va P60 seriyalari).
- PC Manager 13.0.1 yoki yangiroq o‘rnatilgan ba’zi HUAWEI noutbuklarida; standart holatda o‘chirilgan. «Ovozni kuchaytirish» 3,5 mm simli garnituralar va ba’zi HUAWEI simsiz quloqchinlari bilan ishlaydi (PC Manager 13.0.3.360+).
- Ba’zi HUAWEI smartfon, planshet, monitor (birinchisi — MateView Wireless HSN-CBA), HUAWEI Vision qurilmalari va PC Manager 13.0.2.300 yoki yangiroq noutbuklarda ishlaydi.
- PC Manager 13.0.3.320 yoki yangiroq noutbuklar va ba’zi HUAWEI smartfon/planshetlarida. Barcha qurilmalarda bitta HUAWEI ID, Bluetooth va Wi-Fi yoqilgan bo‘lishi kerak.
Biz bilan bog‘lanish
HUAWEI MateBook D 16 2024
Saytda arizalar qabul qilish vaqtincha to‘xtatilgan. Iltimos, filialga qo‘ng‘iroq qiling — menejer modellar, mavjudligi va narxlar haqida javob beradi.



